Sabaq islenbe 8 – sinf . O’zbekiston tarixi.
8 – sinf . O’zbekiston tarixi.
Dars mavzusi: 27 — §. Xiva xonligini o’rganish bo’yicha tarixiy manbalar.
Dars maqsadi:
- O’quvchilarga tarixni tilga kiritadigan manbalar ekanligini taakidlab, ularni Xiva xonligi tarixiga oid manbalar bilan tanishtirish, Xorazm tarixnavislik maktabi namoyandalarini! Abulg’oziy Baxodirxon, Munis, Ogohiy, Bayoniyning Rossiya va Yevropa mualliflarining asarlari to’g’risida ma’lumot berish;
- O’quvchilarda tarixiy manbalar tarixni urganishda asosiy urida ekanligi haqida tu’chinshalarni rivojlantirish;
- O’quvchining tariximizga bo’lgan qiziqish va hurmatini oshirishga ko’maklashish, tarixiy xotiraga hurmat tuyg’usini yuksaltirish;
Dars jihozi:
- Darslik, 27 — §, Dunyo siyosiy xaritasi, Mvzuga doir rasmlar, bukletlar, qo’shimcha ma’lumotlar, kompyuter, Xiva xonligi manblari bo’yicha slaydlar, asosiy tushincha va atamalar, savollar yozilgan kartochkalar.
Dars turi: aralash
Dars uslubi: guruhlarda ishlash, davra suhbati, Yangi dars mavzusining tayanch tushunchalari, Arxiv hujjatlarining ahamiyati, Xiva tarixiga oid mahalliy, Rossiya va Yevropa mualliflari tamonidan yozib qoldirilgan asarlar.
Darsnng borishi:
I Tashkiliy qism (2 daqiqa);
O’quvchilarni darsga jalb etish, Ularni respublika hayotiga oid eng muhim yangiliklardan xabardor qilish.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Xiva shahrining 2500 yilligiga bag’ishlangan tantanali ma’rosimdagi tabrik so’zidan (1997 – yil 20 — oktabr).
“Xiva – go’zal diyorimizning gavhari, xalqimiz san’ati va bunyodkorlii timsoli, madaniy va ma’naviy an’analarimizning abadiyligini o’zida mujassam etgan bir mo’jizadir”
Atlantika ummoni ortida Amerika qit’asi borligini Kolumbdan 500 yil oldin bashorat etib, hattoki uning xaritasini chizib qoldirgan ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy mana shu muqaddas zaminda tug’ilgan.
II O’tilgan dars mavzusi yuzasidan takirorlash (12 daqiqa);
1) Nega Xiva shahri “Ming gumbaz shaxri” deyiladi?
2) Xiva shahrining 2500 yilligi qachon nishonlandi?
3) Dishan va Ichan qal’alar haqida nimlarni bilib oldingiz?
4) Ichan qal’aning butun jahon yodgarliklari ro’yxatiga kirilganligi hodisasini nimalarning ramzi deb bilasiz?
5) Xorazm me’morchilik maktabining o’ziga hos hususiyatlari haqida gapirib bering.
6) XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida qanday hunarmandchilik inshootlari qurilgan?
7) Xiva xonligidagi hunarmandchilik haqida so’zlab bering.
8) Xivaning qanday hunarmanchilik mahsuloti hozir jahon bozorida xaridorgir hisoblanadi?
9) Xonlikda yog’och o’ymakorligining ajoyib namunalarini qaysi me’moriy inshoatlarida ko’rish mumkin?
Bu rasmlar Xiva xonligining qaysilari obidasi hisoblanadi va ma’lumot bering.
Xiva. Dishan qal’a
O’quvchilar fikrlari tinglanib, umumlashtiriladi. Bajarilgan ishlar baholanadi.
III. Yangi mavzuni ro’yobga chiqarish (14 daqiqa)
Yangi dars mavzusining mundarijasi:
- Arxiv hujjalari.
- Mahalliy tarixchilarining Xiva xonligi tarixi to’g’risidagi asarlari.
- Xiva tarixi bo’yicha rossiyalik mualliflar asari.
- Yevropa sayyohlari va olimlari yozib qoldirgan manbalar.
- O’zbekiston olimlarining Xiva xonligi tarixiga oid asarlar.
Mana siz Xiva xonligining XVI — XIX asr birinchi yarmi tarixi bilan tanishib bo’l. Xo’sh, siz bilib olgan tarixiy ma’lumotlar qayerlardan olingan?
Ular birinchi navbatda, tarixiy hujjatlarni o’rganish natijasida to’plangan. Arxiv
hujjatlari bugungi avlodni o’tmish tarixi bilan tanishtirishda beqiyos ahamiyatga ega. Olimlar u manbalarni o’rganadilar, sharhlaydilar va shu orqali o’tmish tarixini tiklaydilar.
Abulg’oziy Bahodirxon
Xiva xoni, tarixchi olim Abulg’oziy Bahodirxonning (1603— 1664) „Shajarayi turk» asari ayniqsa katta ahamiyatga ega asardir. Asarda juda katta tarixiy faktlar to’plangan. Asar turkiy qabilalar shajarasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. U kitobxonni Xiva va xivaliklar, shuningdek, Abulg’oziyning ham o’zaro urushlar oqibatida parchalanib ketgan davlatni birlashtirish yo’lida olib borgan shiddatli kurashi bilan ham tanishtiradi. Asarning 1512— 1663-yillardagi Xiva ijtimoiy-siyosiy tarixiga, Xiva —Buxoro munosabatlariga bag’ishlangan IX bobi tarix fani uchun katta ahamiyatga ega.
Mahalliy mualliflar orasida Munis va Ogahiylarning tarixiy asarlari ham tarix uchun muhim manba hisoblanadi. Munisning „Firdavs ul-iqbol» deb ataluvchi tarixiy asari Eltuzarxonning 1806- yilda bergan topshirig’i bilan yozilgan. Asar Xivaning XVI asrdan 1812-yilgacha bo’lgan tarixini qamrab olgan.
Munis vafot etgach, xonlik tarixini yozish ishini Ogahiy davom ettirgan. U bitgan
tarixiy asar „Shohidi iqbol» deb atalib, o’zida 1872-yilgacha bo’lgan tarixni aks ettiradi.
Xiva xonligining 1872—1911-yillardagi tarixini Xiva xoni Asfan- diyorxonning topshirig’i bilan 1912-yilda Yusufbek Bayoniy yarat- gan. Xiva xoni, tarixchi olim Abulg’oziy Bahodirxonning (1603— 1664) „Shajarayi turk» asari ayniqsa katta ahamiyatga ega asardir. Asarda juda katta tarixiy faktlar to’plangan. Asar turkiy qabilalar shajarasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. U kitobxonni Xiva va xivaliklar, shuningdek, Abulg’oziyning ham o’zaro urushlar oqibatida parchalanib ketgan davlatni birlashtirish yo’lida olib borgan shiddatli kurashi bilan ham tanishtiradi. Asarning 1512— 1663-yillardagi Xiva ijtimoiy-siyosiy tarixiga, Xiva —Buxoro munosabatlariga bag’ishlangan IX bobi tarix fani uchun katta ahamiyatga ega.
1725-yilda Xivaga Rossiya elchisi bo’lib kelgan Florio Benevini esdaliklarida ilmiy jihatdan muhim ma’lumotlar yozib qoldirilgan.
Rossiya elchisi sifatida Xiva xonligiga 1819-yilda kelgan N. I. Muravyov ham yozib
qoldirgan esdaliklar eng qimmatli manbalar qatorida turadi. „Esdaliklar” Xiva to’g’risida, qadimiy obidalar, davlat boshqaravi tizimi, hunarmandchilik va savdo-sotiq to’g’risida batafsil ma’lumotlardan iborat. Shuning uchun ham bu kitob fransuz va nemis tillariga ham tarjima qilingan edi. Muallif asarida o’zbek xalqiga xos xususiyatlar haqida to’xtalib, o’zbeklarni „aql-idrokli, suhbati yoqimli va o’tkir, qat’iyatli, matonatli, urf-odati oddiy, yolg’on va aldovdan nafratlanuvchi, harbiy ishda hormay-tolmaydigan mard va jasur kishilar”, deb ta’riflagan ham edi.
Yevropa mamlakatlari sayyohlari va olimlari yozib qoldirgan asarlar ichida ingliz savdo va diplomatiya vakili A. Jenkinsonning esdaliklari Xiva xonligining XVI asr tarixi haqida muhim ma’lumot beradi. Jenkinson esdaliklari, „Jenkinsonning Xiva va Buxoroga sayohati” deb nomlangan.
Yevropa sayyohlari ichida taniqli venger sharqshunos olimi A. Vamberi yozib qoldirgan „O’rta Osiyo bo’ylab sayohat” deb ataluvchi asar Xiva tarixi bo’yicha ham eng qimmatli manbalardan hisoblanadi. Uning esdaliklari o’zbek tilida ham chop etilgan.
O’zbekiston olimlari ham Xiva xonligi tarixini o’rganish ishiga katta hissa qo’shganlar. Ular orasida akademik I. Mo’minov boshchiligida yaratilgan „Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo’lgan tarixi” (1976-yil) alohida qimmatga ega.
IV O’rganilgan mavzuni mustahkamlash: (16 daqiqa)
Guruhlarda ishlash.
1-guruhga topshiriq.
Xorazm tarixnavislik maktab namoyandalari: Abulg’ozi Bahodirxon, Munis, Ogohiy, Bayoniyning Xiva tarixiga oid asarlarini aytib bering.
2 – guruhga topshiriq.
Xiva tarixi bo’yicha Rossiyalik mualliflar va ularning asarlarini ayting.
3 – guruhga topshiriq.
Xiva xonligi tarixi bo’yich Yevropa sayyohlari va olimlari yozib qoldirgan manbalar haqida aytib bering.
4 – guruhga topshiriq.
O’zbekistonlik olimlarining Xiva xonligi haqida yozib qoldirgan asarlari to’g’risida ma’lumot bering.
- Aqliy hujm:
Darsning bu bosqichi o’quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash bilan birga ular xotirasida bilimlarini qanchalik saqlab qolganlarini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bunda o’quvchilar tarix kurslaridan oldin olgan bilimlariga ham tayanadi.
Savollar va javoblar
- O’zbekiston tarixini o’rganishda manbalar qanday ahamiyatga ega?
(manbalar tarixini tilga kiritadi.)
- O’zbekiston tarixiga doir eng qadimgi yozma manba nima hisoblanadi?
(O’zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba “Avesto” hisoblanadi.)
- Tarixdagi qo’shimcha manbalarga nimalar kiradi?
(Ilmiy – ommobop va badiiy asarlar, tarixiy adabiyot va manbalar, o’quv qo’llanmalari, arxiv materiallari, xrestomatiyalar, ma’lumot materiallari.)
- Vatan tarixi komil insonni yetishtirishda qanday ro’l o’ynaydi?
(Vatan tarixi insonni otashin vatanparvar, fidoyi qilib shakillantirishda cheksiz imkoniyatlarga egadir.)
- Xiva xonligining arxiv hujjatlari bu xonlik tarixini o’rganishda qanday ahamiyatga ega?
(Arxiv hujjarlari xonlikning davlat tuzumi, soliq va majburiyatlar, pul muommasi, davlatning ma’muriy – hududiy bo’linishi, aholining xo’jalik mashg’uloti, savdo – sotiq ishlari kabi masalalar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.)
- Rossiyalik mualliflarning Xiva tarixiga oid asarlari nima uchun ayniqsa qimmatli hisoblanadi?
(Ularning asarlari, estaliklarida xonlikning ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ma’lumotlarga boyligi uchun.)
- Yevropalik sayyohlar Xiva xonligi tarixi bo’yicha qanday asar yozib qoldirganlar?
(Jebkinson “Buxoro va Xivaga sayohat”, A.Vamberli “Markaziy Osiyo bo’ylab sayohat” asarlarini yozganlar.)
- O’zbekistonlik olimlarning Xorazm tarixiga doir asarlarining ahamiyati nimadan iborat?
(Bu asarlar tarixiy faktlarga boyligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.)
VI Darsni yakunlarini chiqarish va o’quvchilarn baholash. (3 daqiqa)
VII Uyga vazifa berish. (2 daqiqa)
Yangi o’tiladigan mavzu bilan tanishib kelish.