» Xaliqti dizimge aliw baslandi

Xaliqti dizimge aliw baslandi

mektep5 Ноя 18 2021 Kommentariy joq

O‘zbekiston Respublikasida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 710-son qaroriga asosan. Joriy yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Ya’ni 2021-yil 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan.
Sinov tariqasida ro‘yxatga olishning aniq payti 2021-yil 1-noyabr soat 00:00 etib belgilanadi. 2021-yil 1-noyabr soat 00.00 dan keyin sodir bo‘lgan demografik holatlar natijalari ro‘yxatga olish varag‘i shakllariga kiritilmaydi. Ya’ni 2021-yil 1-noyabrdan keyin tug‘ilgan bolalar uchun ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlari to‘ldirilmaydi, biroq ushbu sanadan keyin vafot etgan shaxslar uchun to‘ldiriladi. Bunda vafot etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning oila a’zolari yoki mahalla idorasidagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.
Sinov tariqasidagi aholini ro‘yxatga olish quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
1 — 5-noyabr kunlari — internet tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish (5 kun);
6 — 10-noyabr kunlari — internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantirish (5 kun);
11 — 22-noyabr kunlari — aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurgan holda aholini ro‘yxatga olish (12 kun, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga asosan);
23 — 25-noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish (3 kun).

Ózbekstan Respublikasında sınaw tárizinde xalıqtı dizimge alıw baslandı
Ózbekstan Respublikası Ministrler Kabinetiniń 2020-jıl 11-noyabr degi “Ózbekstan Respublikasında 2023-jılda xalıqtı dizimge alıwǵa tayarlıq kóriw hám ótkeriw ilájları haqqında” ǵı 710-sanlı qararına tiykar. Usı jıldıń noyabr ayında Ózbekstan Respublikasında xalıqtı sınaw tárizinde dizimge alıw ilajı ótkeriledi, Yaǵniy 2021 jıl 1-25 noyabr kúnleri Ándijan wálayatınıń Xojaobod rayonı, Tashkent wálayatınıń Joqarı Chirchiq rayonı, Xorezm wálayatınıń Xiva qalası hám de Tashkent qalasınıń Yashnobod rayonında ámelge asırılıwı belgilengen.
Sınaw tárizinde dizimge alıwdıń anıq waqtı 2021-jıl 1-noyabr saat 00:00 etip belgilenedi. 2021-jıl 1-noyabr saat 00.00 den keyin júz bergen demografyalıq jaǵdaylar nátiyjeleri dizimge alıw blankalarına kiritilmeydi. Yaǵnıy 2021-jıl 1-noyabrden keyin tuwılǵan balalar ushın dizimge alıw blankaları hámde basqada dizimge alıw hújjetleri toldırilmaydi, biraq bul sáneden keyin dunyadan ótken shaxslar ushın toltırıladı. Bunda dunyadan ótken shaxs tuwrısındaǵı maǵlıwmatlar onıń shańaraq aǵzaları yamasa mahálle shólkemindegi maǵlıwmatlar tiykarında toltırıladı.
Sınaw tárizinde xalıqtı dizimge alıw tómendegi múddetlerde ótkeriledi:
1 — 5-noyabr kúnleri — internet tarmaǵı arqalı xalıqtı dizimge alıw (5 kún);
6 — 10 -noyabr kúnleri — internet tarmaǵı arqalı dizimnen ótken respondentler hám olardıń úy mánzilleri dizimin qáliplestiriw (5 kún);
11 — 22-noyabr kúnleri — xalıqtı dizimge alıw blankaları tiykarında úyme-úy júrgen halda xalıqtı dizimge alıw (12 kún);
23 — 25-noyabr kúnleri — hár bir esap uchastkasındaǵı turaq-jay mánzilleriniń 10 procentin tańlanma túrde qadaǵalaw gúzetiwi tiykarında úyreniw (3 kún).