» Qorao‘zak tumanida 12 oyda 208,9 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan

Qorao‘zak tumanida 12 oyda 208,9 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan

mektep5 Янв 30 2024 Kommentariy joq

Qorao‘zak tumanida 12 oyda 208,9 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan

 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qorao‘zak tumanida 208,9 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,6 % ni tashkil etgan.

♻️ Respublikadagi ulushi 1,6 %ga to‘g‘ri kelmoqda.

✅ ‍ Xizmatlar hajmida yuqori ulushni savdo, transport va moliyaviy xizmatlar egallagan.

‍‍‍ Aholi jon boshiga ko’rsatilgan xizmatlar hajmi esa 3 mln 847,7 ming so’mni tashkil etmoqda.

Qorao‘zak tumanida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi

 

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qorao‘zak tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 17,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, o’sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 123,9 %ni tashkil etgan. Respublika bo’yicha aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmida mazkur hududning qo’shgan ulushi 2,5 % ga to’g’ri kelmoqda.

Qorao‘zak tumanida qayd etilgan tugʻilishlar soni

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Qorao‘zak tumani boʻyicha 997 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Shundan, oʻgʻil bolalar – 527 nafar;

qiz bolalar – 470 nafarni tashkil etgan.